AGMK Turkiyada rus klubiga mag‘lub bo‘ldi

Yangi mavsum uchun Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan Olmaliqning AGMK klubi bugun mazkur yig‘in doirasida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

AGMKga bu safar Rossiya quyi divizionida to‘p suruvchi “Nefteximik” klubi raqiblik qildi. Mazkur o‘yinda olmaliqliklar raqibga 0:2 hisobida imkoniyatni boy  berishdi.

Ertaga esa Viktor Kumikov shogirdlari Ukrainaning “Zarya” jamoasiga qarshi navbatdagi nazorat bahsida maydonga tushishadi.

Nazorat o‘yini

AGMK (O‘zbekiston) – “Nefteximik” (Rossiya) 0:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!