AGMK ustozi "Nasaf" ustidan qozonilgan g‘alabani kimlarga bag‘ishlashganini aytdi
Superliga 21-turida AGMK o‘z maydonida "Nasaf"ni 2:1 hisobida taslim etdi. Uchrashuvdan so‘ng AGMK jamoasining yordamchi murabbiyi Xayrulla Karimov bellashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
— Bugun judayam ajoyib o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham chiroyli o‘yin ko‘rsatishdi. Stadionga kelgan muxlislar ham, televizor oldida tomosha qilgan ishqibozlar ham o‘yindan zavq olishdi. "Nasaf" jamoasi o‘zining darajasini yana bir bor ko‘rsatdi, lekin biz oxirigacha kurashdik va g‘alaba qozondik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiramiz. Bugungi g‘alabani kombinatning 70 yillik bayrami va ustozlar kuniga bag‘ishlaymiz, - dedi Xayrulla Karimov.



Fikrlar