Aguero Masharipov bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin

CHERY AUTO

Argentinalik hujumchi Serxio Aguero faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Goal" nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, 32 yoshli forvardga Saudiya Arabistonining ikki klubidan qiziqish bor. "Al Shabab" va "Al-Nassr" jamoalari  hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor va unga yuqori maosh taklif qilmoqda.  Agueroning "shaharliklar" bilan shartnomasi mavsum so‘nggida yakunlanadi va erkin agent maqomida jamoani tark etadi.

Joriy mavsum Serxio 10ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan. Futbolchi xizmatiga Evropaning top klublaridan ham takliflar mavjud.

Ma’lumot uchun, "Shabab Al Ahli" safida ijara asosida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipovning transfer huquqi "Al Nassr"ga tegishli. Yangi mavsumni legionerimiz Saudiya klubida boshlaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!