Akademik eshkak eshuvchilar O‘zbekiston kubogida bahslashmoqda

CHERY AUTO

Toshkent dengizida akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining birinchi bosqich boshlandi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 150 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.

Musobaqaning birinchi kun dasturidan yakkalik va juftlik bahslari joy oldi. Qizlar o‘rtasida o‘tgan yakka tartibda o‘tgan bellashuvlarda sirdaryolik Luiza Islomova marraga birinchi bo‘lib etib keldi. Shuningdek, samarqandlik Mehrangiz Toshpo‘latova hamda Sayyora Bobomurodova belgilangan masofani ikkinchi va uchinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Ayni paytda juftliklar o‘rtasida O‘zbekiston kubogining yarim final bosqichi o‘tkazilmoqda.

Kubokning yakkalik va juftlik bahslari yakunlangach, to‘rtlik va sakkiztalik ekipajlar o‘rtasidagi musobaqaga start beriladi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa yakunlanishi bilan 16 mart kuni yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlanadi.

e69079cc-5726-48cf-bf2b-ff9894dc39e5 74e7516d-3ad5-4ada-8138-5e3a731b418f

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!