“Al-Ahli” (Qohira) klubining ko‘zi ojiz muxlisi: Turmush o‘rtog‘imning so‘zlari o‘yinni mening ongimda gavdalantirib beradi

  • 11 fevral, 2021, 17:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikrami Ahmad esini tanigan eng dastlabki davrdanoq, Qohiraning “Al-Ahli” klubiga muxlislik qilab keladi. Misr poytaxtidan 80 kilometr uzoqlikdagi Menufiyada o‘sgan futbol ixlosmandi voyaga etib borayotgan paytda, Muhammad Abutrika boshliq “Al-Ahli” o‘zining eng gullagan davrini o‘tkazayotgan edi. Afrika futboli tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri hisoblanadigan Abutrika jamoasi bilan bir qator katta musobaqalarda muntazam zafar quchib kelgan. 

Muhammad Abutrika va Qohira klubi ta’sirida Ikrami Ahmadning yuragida futbolga nisbatan ulkan mehr shakllanib bordi. Bunga ko‘zlarining ojizligi ham to‘siq bo‘la olmadi. Ko‘rish baxtidan mosuvo tarzda dunyoga kelgan futbol muxlisi atrofidagi insonlarning shovqin-suronlari orqali shu olamga muhabbat qo‘ydi. 

“Ko‘pchilik ko‘zi ojiz insonning futboldan rohatlanishini eshitib hayron bo‘ladi. Ammo ular bilishmaydiki, muhitni his qila olish qobiliyati orqali men futbolni ko‘rayotgan insondan ham ko‘proq zavq olaman. Tasavvur qobiliyati sabab, men kabi juda ko‘p ko‘zi ojiz insonlar futbolga oshno tutingan”, - deydi Ikrami Ahmad “Al-Ahli”ning “Al-Duhail”ga qarshi bahsini kuzatib borish uchun kelganida. 

flbsmwd43ezyowvzhfax

Ushbu musobaqagacha u “Al-Ahli”ning xalqaro maydondagi o‘yinlariga tashrif buyurmagandi. Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga ham kelgan Ahmad juda ko‘plab o‘yinlarni stadiondan turib kuzatgan. Deyarli barcha ko‘rish imkoniyati cheklangan futbol muxlislari singari Ikramiga ham futboldagi voqealarni yaqin insoni etkazib turadi. “Education City” stadionidagi bellashuvga u turmush o‘rtog‘i Eman bilan birga tashrif buyurgan. U Ikramiga maydondagi voqealar, stadiondagi bannerlar va boshqa tafsilotlarni gapirib beradi. 

Ikrami Ahmad ikki farzandning otasi hisoblanadi: “Eman futbolga u qadar ishqiboz bo‘lmasa ham, men bilan yashashda davom etmoqda. Har kuni men bilan bir xil tartibda yashab, kunora futbolga boradi. U futbolni butun tafsilotlari bilan menga so‘zlab beradiki, voqealar ko‘z o‘ngimda aniq gavdalanadi. U uchrashuvning hissiyotlarini ham ancha yaxshi ifodalab bera oladi. 

Muxlislar orasida bo‘lish, ularning hayqiriqlarini eshitish, vaziyatlarga reaktsiya bildirishlari va tribunalarda amalga oshiradigan bayramlari markazida bo‘lish menga o‘zgacha zavq beradi. Ushbu muhit ham menga maydonda nimalar sodir bo‘lganini anglab olishimga yordam beradi”

Qatar maydonlari 2022 yilda jahon chempionatini qabul qiladi. Ammo hamon ushbu katta musobaqada muxlislarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligi noma’lumligicha qolmoqda. Tomoshabinlar stadionga kiritilgan taqdirda ham, pandemiya yuzaga keltirgan krizis juda ko‘p insonlarning mundialga kelish imkoniyatlarini tushirib yuborishi mumkin. 

Ikrami Ahmad bugungi kunda Qatarda faoliyat olib boradi. U Qatar ko‘zi ojizlar ijtimoiy va madaniy klubida koordinator sifatida ishlaydi. U faoliyat olib borayotgan klub mundialga tashrif buyuradigan ko‘zi ojiz futbol muxlislariga yordam berishni va ularga to‘liq qulaylik yaratishni maqsad qilib olgan. Ikrami o‘z ishini sevadi, sababi, kasbi futbolga bevosita bog‘liq. 

ddq5c1hr2kginwkovhks

“Futbol - juda chiroyli sport. Men uni 90 daqiqa davomida sodir bo‘ladigan mo‘’jizalar tufayli ham yaxshi ko‘raman. Men sportni muxlislarning o‘z jamoasiga bo‘lgan ulkan mehri va o‘zaro aloqalarni rivojlantirishi bois ham hurmat qilaman. Sport o‘yinlari insonlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. U xoh milliy darajadagi, xoh xalqaro miqyosdagi o‘yin bo‘lsin, barchamizni birlashtiruvchi sabab sifatida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi”, - deydi misrlik futbol ixlosmandi.

“FIFA.com” saytidan Abdulvosid Valixonov tarjimasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!