Aleksander Usik: "Qachonlardir ustimdan kulganlar bugun meni olqishlamoqda"

  • 22 yanvar, 17:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida amaldagi chempion Aleksander Usik bolalikdagi orzulari haqida gapirib berdi.  

Tecno

"Avvallari, ferma yoki qishloqda boshliq bo‘lishni xohlardim. Bir kun juda boy insonga aylanib, o‘zimning shaxsiy vertolyotim bo‘lishi, dunyo bo‘ylab sayohat qilishim va qimmatbaho mashinalarga egalik qilishimni qishloqdoshlarimga aytganimda ustimdan juda qattiq kulishgandi. Hozir esa sanaganlarimning barchasi menda bor. Qachonlardir ustimdan kulganlar bugun meni olqishlamoqda. Bu gapim bilan nima demoqchiman? Odamlarning gap-so‘zlariga e’tibor bermang. Mehnat qilishda davom eting. Muvaffaqiyatga erishganingizda barcha jim bo‘lib qoladi" - dedi 38 yoshli charm qo‘lqop ustasi.

Eslatib o‘tamiz, Usik oxirgi jangida Tayson Fyurini hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!