Aleksandr Krestinin: "Mashg‘ulotlarda hammasi o‘xshamoqda, biroq..."

  • 19 avgust, 2024, 02:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 16-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Lokomotiv" jamoasi safarda "Paxtakor"ga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi. Juda yomon boshladik. Ikkinchi taymda biroz o‘zimizni o‘ngladik. 

- "Lokomotiv" so‘nggi g‘alabasini birinchi davrada "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritgan edi. Undan keyin jamoa g‘alaba qozongani yo‘q. Jamoa nega uzoq vaqtdan beri g‘alaba qozonmayapti?

- Mendan avvalgi davr haqida javob bermayman. Istagan tezligimizga ikkinchi bo‘limda erishdik. Tezlik etishmayapti. Busiz g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.

- "Lokomotiv"ni ikkinchi taymda yaxshi o‘ynaganini aytingiz. Haqiqatdan ham shunday, ammo vaziyatlardan foydalanishda muammolar ko‘zga tashlandi?!

- Ruhiyat bilan bog‘liq. Agar jamoa tayyor bo‘lmaganida ikkinchi taymda o‘yinga qaytmagan bo‘lar edi. Mashg‘ulotlarda hammasi o‘xshamoqda, biroq maydondagi ruhiy holatimiz borasida ishlaymiz.

- Jamoani mavsum oxirida turnir jadvalida hozirgi holatidan yaxshiroq o‘ringa olib chiqishingizga ishonasizmi?

- Albatta ishonaman. Biz 3 o‘yinning 2 tasida yuta olmadik. Bittasida engildik. Bugungi bahsning ikkinchi bo‘limi so‘zimga isbot bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!