
Aleksandr Usikni nokautga uchrata oladigan raqib topildi!
Kongolik bokschi Martin Bakole (21-1, 16 KO) ukrainalik Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) bilan bemalol raqobatlasha olishini aytdi.
“Murabbiyim va men uzoq vaqtdan buyon faqat kamina Usikni mag‘lub eta olishini aytib kelamiz. Aleksandrni nokautga uchrata oladigan yagona bokschi bu – Martin Bakole. Men bu haqda besh yildan beri gapiryapman” – dedi Bakole "iFL TV" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Martin 32 yoshda. Kongolik 2014 yildan buyon professional boksda ishtirok etib kelmoqda.
Fikrlar