
Aleksandr Zverev to‘xtashga majbur bo‘ldi
Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev AQShda o‘tayotgan "BNP Paribas Open" turnirining uchinchi davrasidan o‘ta olmadi.
Aleksandr ushbu bosqichda hamyurti Yan-Lennard Shtruffga qarshi kortga chiqib, kutilmaganda 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, Indian-Uells shahrida o‘tayotgan musobaqaning to‘rtinchi davrasiga yo‘l olgan Shtruff endi kanadalik Milosh Raonichga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar