Alisher Nikimbaev nega “Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvini markaziy o‘yin deya e’tirof etgandi?

  • 3 avgust, 2019, 20:33
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun SPORTS.uz saytida yangi loyihaning ikkinchi soni taqdim etilmoqda. Unda Qatarda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz, ko‘pchilik yaxshi taniydigan mutaxassis Alisher Nikimbaev bilan Superligada turning markaziy o‘yini tahlil qilindi.

35267208_10157695996212942_3276155591159971840_n

Loyihaning ikkinchi sonida “Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuviga e’tibor qaratildi. Unda Alisher Nikimbaev quyidagilarni bayon etdi.

- Nima uchun “Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvini turdan avval markaziy o‘yin deya tanlagandim? Sababi, navoiyliklar ikkinchi davraning ilk bahsida safarda “Navbahor”ni mag‘lub etishdi. Davralar oralig‘ida tarkibda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Jamoa safidagi ko‘p futbolchilar va legionerlar boshqa klubga o‘tishdi. O‘z navbatida, Hamidjon Aktamov ularning o‘rniga ko‘plab futbolchilarni olib keldi. Xorijdan ham. Shuning uchun “Qizilqum”ning toshkentliklarga qarshi bahsini e’tibor jihatdan tanlagan edim. Lekin bu bellashuvdan avvalgi fikrlar edi. Navoiydagi uchrashuv markaziy o‘yinga mos kelmaydigan darajada o‘tdi. Chunki 20-daqiqagacha “sherlar” yutayotgandi va oxirigacha poytaxtliklar tashabbusni berishmadi.

Agar “Qizilqum” 4-4-2 taktikasida harakatni boshlagan bo‘lsa, himoyalanayotgan paytda 6-4-0 ko‘rinishiga keldi. “Paxtakor” esa hujumda ham himoyada ham 4-2-3-1 sxemasida o‘ynadi. Bu taktika bilan mehmonlar bemalol mezbonlardan ustun kelishdi. Shota Arveladze shogirdlari himoyani juda yuqori darajaga olib chiqqandi. Maydon egalarida esa aksincha, ularning himoyachilari darvozabonga yaqin joylashgandi. Bu “sherlar”ga qo‘l keldi. Chunki “Paxtakor” to‘pni ko‘p nazorat qiladigan jamoa va ular har doim 2-3 ta to‘p oshirishi orqali hujum tashkil etishardi. Bu safar ham shuning guvohiga aylandik. “Qizilqum” asosan uzun pas bilan yoki futbolchilarning individual harakati orqali hujum qilardi.

Mezbonlar 40-daqiqaga kelib birinchi havfli vaziyat yaratishdi. Shunda ham burchak zarbasi orqali. Birinchi taym oxirida yana 2 ta imkoniyat bo‘ldi. Jarima maydoniga kirmasdan to‘pni tepishdi. Bunda ham futbolchilarning texnikasi orqali yuzaga kelganini aytish mumkin.

Umuman olganda, “Qizilqum”ning markaziy himoyasida ko‘pgina xatolar bor edi. Shuning uchun bir-biriga o‘xshagan uchinchi va beshinchi gollar urildi. Markaziy himoyachilarning saviyasi pastligi uchun hisob shu ko‘rinishga keldi. Uchinchi gol urilayotganda qarasak, o‘zi 4 futbolchi bilan himoyalanadigan jamoa nimagadir markazda bitta o‘yinchi bo‘p qoldi va Igor Sergeev jarima maydoniga kirib, bemalol gol urdi. Ikkila vaziyat o‘xshash, ya’ni 3, 5-gol. Birinchi va ikkinchi gollarni ham shunday deyish mumkin. Ikkalasi ham burchak zarbasidan so‘ng to‘p to‘rga kirdi. Shunda “Paxtakor” qanaqadir kombinatsiya uyushtirdi. Bitta to‘p oshirilishidan gol urilmadi. Uchinchi harakatdan keyin darvoza ishg‘ol etildi. Shu bois “sherlar” har tomonlama “Qizilqum”dan ustun kelishdi. Taktik, individual va eng asosiysi himoyada tashkil etilgan o‘yinda ham, - dedi Alisher Nikimbaev.

Birinchi son - Superligada turning markaziy o‘yini tahlili. Diqqat markazimizda “Surxon” – “Nasaf” to‘qnashuvi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
07/08/2019 00:12
Актамов узи хам хайрон булган булса керак кандай схемада уйнаганига))))