
Alonso: Bu futbolchini ko‘zimdan yo‘qoting!
“Real”ni qabul qilib olganidan keyin tarkibni o‘zi qo‘llaydigan o‘yin uslubiga moslashtirayotgan Xabi Alonso jamoada jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis bu jarayonda frantsiyalik chap qanot himoyachisi Ferlan Mendidan voz kechishga qaror qildi. Alonso uni jamoada ko‘rishni istamayapti.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, murabbiylar shtabi chap qanot himoyasini to‘liq yaqinda “Benfika”dan olib kelingan Alvaro Karrerasga topshirmoqchi. Bu qarordan keyin Ferlan Mendi esa, shunchaki vaziyat qurboniga aylandi.
Ferlan Mendi o‘tgan mavsumni salomatligidagi muammolar tufayli o‘tkazib yubordi. Uning amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha davom etishiga qaramay, “Qirollik klubi” himoyachidan tezroq qutilmoqchi.
Fikrlar