Alonso "Real"da katta o‘zgarishga qo‘l uradi

  • 14 may, 16:37
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik tizimini o‘zgartirish kerak deb hisoblamoqda.

"Marca" nashrining xabariga ko‘ra, Karlo Anchelotti murabbiylar shtabining ba’zi a’zolari klub mashg‘ulot jarayonini modernizatsiya qilishi kerak, deb hisoblamoqda. Sababi, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Antonio Pintusning ish uslubi hozirgi zich o‘yinlar jadvaliga mos kelmaydi.

Tecno

Mavsum davomida murabbiylar shtabi muntazam ravishda yig‘ilishlar o‘tkazib, jamoaning tanazzulga uchrashi va ko‘plab jarohatlar sabablarini tahlil qildi.

Qayd etilishicha, Xabi Alonso "Real"ga kelganidan so‘ng, futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi uchun uning shtabidagi Alberto Ensinas mas’ul bo‘ladi, uning kuchli tomoni yosh futbolchilar bilan ishlash hisoblanadi.

Shu bilan birga, Pintus Anchelotti ketganidan keyin klubda qoladi - uning kelajagi keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!