A’loxon Abdullaevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. U Janubiy Amerikada jang qiladi!

  • 15 oktabr, 2024, 15:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Iste’dodli bokschimiz, yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati sovrindori A’loxon Abdullaevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. Xabaringiz bor, yurtdoshimiz IBA chempionlar oqshomida 2 marotaba jang qilib, ajoyib g‘alabalarni qo‘lga kiritgan edi. Ushbu turnir doirasidagi 3-jangini vakilimiz  Janubiy Amerikada o‘tkazadigan bo‘ldi. Ya’ni, 21 noyabr kuni bokschimiz Ekvadorning Kito shahrida ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. U mezbonlar vakili, tajribali Abel Minaga qarshi bahs yuritadi. Mina o‘zbekistonlik ashaddiy boks ixlosmandlariga notanish emas. U havaskor yo‘nalishda yana bir yurtdoshimiz Shahram G‘iyosov bilan to‘qnash kelgan va unda hamyurtimiz g‘alaba qozongan edi.
 
Mina professional boksda 21 ta jang o‘tkazgan va ularning 17 tasida g‘alaba qozongan. 3 mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan. Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, mazkur qarama-qarshilik g‘olibi navbatdagi jangida IBAning chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi. Jang -75 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. 
Albatta, ushbu muhim jangda hamyurtimizga omad tilab qolamiz!

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!