Amorim MYuni tark etishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoadan ketishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar" murabbiyi klub xo‘jayinlari bilan ziddiyatga bormoqda. Portugaliyalik mutaxassis agar klub qishki transferlar bozorida to‘p darajadagi yarim himoyachi sotib olmasa, munosabatlar yanada keskinlashishi mumkin. Rahbariyat esa qishda katta pullar sarflamoqchi emas. Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasida ziddiyat jiddiylashib bormoqda. Amorim "Manchester Yunayted"ni o‘tgan yilning noyabr oyida qabul qilib olgan edi.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda mankunyanliklar APL turnir jadvalining 4-pog‘onasini band etib turibdi.



Fikrlar