Amorimni noyabrgacha ishdan bo‘shatish MYuga qimmatga tushadi

  • 17 sentabr, 06:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Ruben Amorim jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilsa, bu lavozimga tayinlanganiga bir yil to‘lgunga qadar unga 12 mln funt (13,8 mln evro) to‘lashi kerak bo‘ladi. Portugaliyalik mutaxassisning murabbiylar shtabi ishdan bo‘shatish nafaqasini oladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Tecno

Amorim 2024 yilning 1 noyabrida "qizil iblislar" bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi. Manbada ta’kidlanishicha, 40 yoshli mutaxassisning maoshi yiliga 6,5 mln funt sterling (7,4 mln evro) ni tashkil etadi.

Avvalroq OAVda "Manchester Yunayted" rahbariyati Angliya chempionatining keyingi uchta o‘yinida qoniqarsiz natija qayd etgan taqdirda Amorimni iste’foga chiqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!