Ana tomoshayu, mana tomosha!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun O‘zbekiston Superligasidagi so‘nggi yillarning eng intrigali mavsumi yakuniga etadi.

Ammo qay tarzda? Shunisi hamon mavhumligicha qolmoqda! Uzoq yillardan so‘ng bosh sovrin yana viloyatlardan biriga ketadimi? Yoki toshkentliklar uni poytaxtda olib qolishning uddasidan chiqarmikan?

Yana bir qiziqarli tomoni chempionlik uchun kurashayotgan "Paxtakor", "Navbahor" va "Nasaf"ning har uchalasini jiddiy raqiblar kutib turibdi. Buyog‘iga ruhiy tayyorgarlik ko‘p narsani hal qilsa kerak.

Darvoqe, bugun o‘zbek futboli vatani "Qo‘qon-1912" yoki ketma-ket 3 bor chempionlikni tantana qilgan "Lokomotiv"dan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri elita bilan xayrlashadi. Ana tomoshayu, mana tomosha!

Xullas, 17:00 dan boshlab o‘zingizni futbol atmosferasida his qilishingiz mumkin.

Bizdan ham uzoqlashmang, eng sara fotosuratlar va videolarni aynan sizlar uchun taqdim etib boraman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
12/11/2022 17:20
Биздасвет тугадию
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
12/11/2022 15:36
agar usha kuni. Nasaf yutkaniga bugun Toshkentka. kamiga. 10minga odam borardi chempionlikni nishonlagani
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
12/11/2022 15:35
eh Nasaf Nasaf. hammasi uz qulinga edi. uzimiz ham fudbol uynaganmiz. 2 kishi bir kishiga tashlansa ikkalasi bir biriga halaqit beradi. usha kuni Sharof ogir oyoq maydonga uzi nimaga tushdi. Neftchi himoyalanib yotkan bulsa. Sharof nima kerak u vaqt. eh Nasaf Nasaf. Ruziqul Aka. Taqderni uzi Nasafni chempionlikka yaqinlashterdi. har safar achko yoqotkan vaqtlariz raqiblariz ham yoqotdi. lekin siz unimli foydalanmadiz. hamma bugun. endi kutamiz.