Ana xolos: Gvardiola shogirdini raqibga bermadi

  • 13 avgust, 07:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan “Tottenxem” tarkibini kuchaytirish uchun “Manchester Siti”dan braziliyalik hujumkor futbolchi Savio olishga harakat qilmoqda.

Tecno

21 yoshli futbolchining o‘zi ham London klubiga ko‘chib o‘tishga moyilligini bildirgan.

Jurnalist Jek Pitt-Brukning ta’kidlashicha, “Manchester Siti” iqtidorli o‘yinchisini “Tottenxem”ga sotmoqchi emas. Xosep Gvardiola endi o‘yini kuchayib borayotgan shogirdini raqib jamoaga o‘tishini muhokama ham qilmayapti.

O‘tgan mavsumda Savio barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 13 ta golli pas berdi. Braziliyalik futbolchining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha tuzilgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 50 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!