
Ana xolos! Pogba "Manchester Yunayted" safida boshqa maydonga tushmaydi
"Manchester Yunayted" klubi sobiq hujumchisi Alan Brazil shaxsiy manbaalariga tayangan holda Pol Pogba boshqa "Old Trafford"da maydonga tushmasligi haqida xabar tarqatdi.
“Menga Pol MYu safida boshqa birorta ham o‘yinda maydonga tushmasligini ma’lum qilishdi. Bu xabarni klub haqida juda ko‘p ma’lumotga ega inson aytdi”, - deydi Alan.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli frantsiyalik futbolchi so‘nggi bor MYu safida 30 sentyabr kuni maydonga tushgan edi.
Ta’kidlash kerakki, Pogbaga ayni damda “Real” va “Yuventus” klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Fikrlar