Anchelotti 40 yoshli himoyachini terma jamoaga chaqirmoqchi
Karlo Anchelotti Tyago Silvaning Braziliya terma jamoasiga qaytishi mumkinligini aytdi. "Fluminense" himoyachisi sentyabr oyida 41 yoshga to‘ladi. U 2022 yildan beri milliy jamoada o‘ynamagan.
- Men uni yaxshi bilaman. U men bilan "Milan"da va PSJda birga ishlagan. Yaqinda u bilan suhbatlashgandik. O‘yinchini terma jamoaga chaqirish haqida qaror qabul qilishda yoshga e’tibor bermayman. Agar Tyago Silva boshqalardan kuchliroq bo‘lsa, hech qanday muammo yo‘q.
O‘tgan mavsumda "Real"ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri 40 yoshli Modrich edi. 2007 yilda "Milan" bilan Chempionlar Ligasini yutgandim, jamoa sardori Maldini 40 yoshda edi, - dedi braziliyaliklar bosh murabbiyi.



Fikrlar