Anchelotti Arda va Endrik bilan ishlash haqida gapirdi

  • 6 avgust, 2024, 19:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Endrik va yarim himoyachi Arda Gyuler bilan ishlash taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. "Qirollik klubi" ayni damda AQShda mavsumoldi yig‘inida ishtirok etmoqda.

"Gyuler va Endrik bilan ishlash menga juda yoqadi. Ular juda tez o‘rganishmoqda va ko‘rsatmalarimga e’tibor berishadi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Bugun tunda "qaymoqranglilar" Londonning “Chelsi” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu bellashuvda Endrik va Arda ishtirok etadi.  Eslatib o‘tamiz, Endrik shu yozda "Real"ga "Palmeyras"dan o‘tgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!