
Anchelotti “Liverpul” yulduzini kutyapti
Ispaniyaning eng qudratli klubi “Real” tarkibini muntazam kuchaytirishga e’tibor qaratib kelmoqda.
Madridliklar “Liverpul”ning eng kuchli himoyachilaridan hisoblangan Trent Aleksander-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi 25 yoshli angliyalik futbolchining yozda transfer qilinishini kutyapti.
“Qirollik klubi” mutasaddilari “Liverpul” rahbariyati bilan ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Todofichajes nashrining yozishicha, Trentning o‘zi ham jamoasini o‘zgatirmoqchi va ana shu maqsadda “Liverpul”ning yangi shartnomasini qabul qilmadi.
Fikrlar