Anchelottiga hech kim kerak emas!

  • 20 oktabr, 2024, 15:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davri uchun klubning rejalarini oshkor qildi.

- Biz yanvarda birorta yangi o‘yinchi olmaymiz, chunki o‘tgan yozgi transferlar vaqtida juda yaxshi ishladik. Joriy mavsumni ham yuqori darajada o‘tkazasha olishimizga ishonchim komil, - dedi italiyalik mutaxassis.

“Real” mavsum boshidan beri himoya chizig‘ida ketma-ket muammolarga duch kelmoqda. Jamoa himoyachilari ko‘p jarohat olyapti.

Xususan, David Alaba va Dani Karvaxal og‘ir jarohat tufayli uzoq muddat jamoaga yordam bera olmaydi. Buni inobatga olgan Evropa matbuoti madridliklar qishki transferlar vaqtida himoya chizig‘iga bir necha futbolchilarni olishi mumkinligi haqida axborot tarqatmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!