Andrey Martinning Kitoda ishlari yurishmoqda

Slovakiyalik tennischi Andrey Martin Kito shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda chorak finalida frantsiyalik Korenten Mute bilan raqobatlashdi.

Keskin va murosasiz tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda Martin raqibini 6:3,6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi “Ecuador Open Quito – 2018” turnirining yarim finalida Martin ispaniyalik Roberto Karbalesa-Baena bilan kuch sinashadi.

Tennis

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!