Angliya Superkubogida yangi qoida ishga tushadi

  • 4 avgust, 2017, 08:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2017/18 yilgi mavsumdan e’tiboran Angliya Superkubogida o‘yindan keyingi peanltilar seriyasida tepiladigan zarbalar ketma-ketligi boshqacha bo‘ladi.

Tecno

Bunday amaliyotga “ABBA” deb nom ham berilgan. 6 avgust kuni “Arsenal” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi Superkubok uchun bahsning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib nomi aniqlanmasa, ushbu yangi tizim ilk bor Angliyada amalda sinab ko‘rilishi mumkin.

“ABBA” tizimi bu xuddi tennisdagi tay-brekni eslatadi. Ya’ni shartli “A” jamoasi birinchi zarba beradi. Keyingi ikki zarbani esa shartli  “B” jamoasi yo‘llaydi.

Ushbu qoida tufayli, hozirgi tizimda ikkinchi bo‘lib zarba beradigan jamoaga tushadigan bosim kamayishi kuzatiladi.

Zero, hozirgi penaltilar seriyasini boshlab bergan 60 % jamoa yakunda g‘alaba qozonadi.

Ushbu tizim Angliya Kubogi va Liga kubogida ham sinalishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!