APL. “Arsenal” so‘nggi daqiqada penaltidan kiritilgan gol evaziga g‘alabaga erishdi
Hozirgina Angliya Premer-ligasi 13-turidan o‘rin olgan “Byornli” hamda “Arsenal” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
O‘ta murosasiz va keskin kurashlar ostida kechgan bahs “to‘pchilar”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 92-daqiqada Aleksis Sanches tomonidan penaltidan kiritildi. Amalda esa ushbu gol Arsen Venger jamoasiga 3 ochko keltirdi.
Angliya Premer-Ligasi. 13-tur
Bernli – Arsenal 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90, penalti Sanches.
Bernli – Poup, Tarkovski, Uord, Louton, Mi, Kork, Defur (Vud, 78), Xendrik, Gudmundsson, Breydi, Barns.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Kolashinats, Koselni, Ivobi (Uilsher, 67), Remzi, Sanches, Djaka, Belerin, Lyakazett (Uelbek, 79).
Ogohlantirishlar: Defur (15), Breydi (25).
Fikrlar