Arauxo: "Men "Barsa"ga ko‘p vaqt davomida yordam beraman"

  • 14 oktabr, 2024, 17:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi asosiy himoyachilaridan biri Ronald Arauxo hozirda jarohat sabab klubga yordam bera olmayapti. Urugvaylik himoyachi qaytishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

- Bu klubda o‘ynash mening orzuim bo‘lib kelgan. Men 5 yildan ko‘proq vaqt mobaynida jamoadaman va umid qilamanki, hali ko‘p mavsum bu klubga yordam beraman, - deya izoh berdi iqtidorli himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli himoyachi mavsum avvalida jarohat olib klub safini tark etgan edi. Uning 2025 yilning boshida jamoaga qaytishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!