"Arsenal" "Nyukasl" yetakchisini nishonga oldi
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini APLning boshqa jamoasi safida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, italyalik futbolchini Londonning "Arsenal" klubi o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. "To‘pchilar" allaqachon Sandro uchun ilk taklifni jo‘natgan. Lekin "qarğalar" bu taklifni rad etgan.
Tonalining hozirda transfer bozoridagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilni yozida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi 2023 yildan beri "Nyukasl" safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 92 ta bellashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar