
“Arsenal” o‘nta forvard uchun kurashadi
“Arsenal” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi. Ana shu maqsadda sport direktori Edu bir necha hujumchilarni kuzatuv ostiga oldi.
Mikel Arteta shogirdlari joriy mavsumda amaldagi chempion “Manchester Siti” bilan tengma-teng raqobatlashayotgan bo‘lsa-da, “to‘pchilar”ga ko‘p gol ura oladigan to‘purar etishmayotgani ochiq ko‘rinib qolmoqda.
Bu vazifani bajarishi kerak bo‘lgan Gabriel Jezus va Eddi Nketianing samaradorligi juda past.
Daily Mirror nashriga ko‘ra, Edu asosiy hujumchi roliga o‘nta forvarddan iborat ro‘yxat tuzdi. “Arsenal” mavsum tugashi bilan “Brentford”dan Ayven Touni, “Leyptsig”dan Benyamin Sheshko, “Sporting”dan Viktor Dekeresh, “Nyukasl”dan Aleksander Isak, “Napoli”dan Viktor Osimxen, “Feyenoord”dan Santyago Ximenes, “Ayaks”dan Brayan Brobbi, “Portu”dan Evanilson, “Bayer”dan Viktor Bonifas va Loi Opendadan birini olishga harakat qiladi.
Ro‘yxatga kiritilgan futbolchilarning bari ko‘p gol ura olish qobiliyatini namoyish etib kelmoqda.
Fikrlar