“Arsenal”ga superyulduz kerak

  • 22.04.2026 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” muxlislari jamoa oʻyini va natijalaridagi beqarorlik tufayli klubni kelasi yoz bir necha yetakchi oʻyinchilar tark etishidan xavotirlanib turgan bir paytda mamlakatning yetakchi klublari “aristokratlar” tarkibidan oʻzlariga futbolchi tanlashni boshlab yubordi.

Agar “Chelsi” kelasi mavsum uchun Yevropa Chempionlar ligasiga yoʻllanma ololmasa, jamoani Enco Fernandez, Moyzes Kaysedo va Mark Kukurelya kabi oʻyinchilar tark etadi va bu roʻyxatni yana davom ettirish mumkin.

Jurnalist Saymon Fillipsning aytishicha, Koul Palmer ham klubdagi muammolar fonida ketish ehtimolini koʻrib chiqmoqda, ammo u “Chelsi” uni qoʻyib yuborish borasida transfer narxini oshirib yuboradi, degan xavotirda.

Fillipsgа koʻra, “Arsenal” Angliya milliy terma jamoasi oʻyinchisiga qiziqish bildirgan, “kanonirlar” Palmerni Kay Havertsga oʻrinbosar sifatida olib kelmoqchi.

- Enco Fernandez, Mark Kukurelya va Koul Palmer ketish haqida jiddiy oʻylayapti. Ammo Palmer klub uning narxini oshirib yuborishidan xavotirda. Palmer haqida yana bir ishonchli manba bizga “Arsenal” uni sotib olishga qiziqish bildirgan soʻnggi klub ekanini maʼlum qildi, - deydi Saymon Fillips.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, “Arsenal” bu yozda Martin Edegor, Kay Haverts, Itan Nvaneri va Mikel Merinoni sotib yubormoqchi va ularga “10-raqam” pozitsiyasi uchun yangi superyulduz kerak. Koul Palmer shu bois ularning transfer nishoniga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!