
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ham yarim finalda g‘alaba qozondi. Uchinchi finalchi!
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
-67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev mo‘g‘ulistonlik Misheelt Battumur bilan ringga ko‘tariladi. Jang 15:45dan so‘ng boshlanadi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qiladi.
Asadxo‘ja ilk raundni o‘z foydasiga hal etdi - 5:0.
Ikkinchi raundda ham hamyurtimiz ustunlikka erishdi - 5:0.
Uchinchi raundda bokschimizning qo‘li baland keldi - 4:1. Yakuniy hisob 5:0 Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev foydasiga. Asadxo‘ja finalga yo‘l olgan uchinchi bokschimiz bo‘ldi.
Fikrlar