
Asensioga "Inter" qiziqish bildirmoqda
PSJ vingeri Marko Asensio faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin, - deya xabar bermoqda "Lequipe" nashri jurnalistlari.
Ma’lumotlarga qaraganda, 29 yoshli futbolchining hizmatlariga Chempionlar ligasi finalchisi "Inter" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik futbolchining o‘zi ham klubdagi kelajagidan havotirda va klub almashtirishni istagi borligini ma’lum qilgan. Hujumchi o‘zining optimal formasiga qaytish uchun "Aston Villa"ga ijaraga berilgandi. Biroq birmengemliklar Asensioni sotib olishni istamadi va PSJ ga qaytishga majbur bo‘ldi.
Markoning parijlaklar bilan amaldagi shartnommasi kelasi yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarktda uning narxi 20 million evro qilib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Asensio yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda umumiy 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar