Asrorjon Omonov 7 partiyada, 7 g‘alabaga erishdi!

  • 27.09.2026 12:35
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston-3 safida o‘ynayotgan 17 yoshli xalqaro master Asrorjon Omonov Samarqanddagi Olimpiadani qoyilmaqom o‘tkazmoqda. 

Hozirgacha 7 partiya va barchasida g‘alaba. Bu seriyada u Mali vakili Youssouf Niare, marokashlik Noureddine Messala, yamanlik  Ayman Al-Halila, avstriyalik Valentin Baidetskyi, avstraliyalik David Smerdon, janubiy afrikalik Charlton Mnyasta hamda qirg‘izistonlik Timur Daudovni mag‘lub etdi.

Ayniqsa, reytingi Asrorjondan yuqori bo‘lgan ikki grossmeyster Valentin Baidetskyi (2511) va David Smerdon (2461) ustidan qozonilgan g‘alabalar e’tiborga molik. 

Asrorjonning amaldagi reytingi 2347, Olimpiadadagi reyting-performansi esa 2976. Hozirda zahira doskasi kategoriyasida bu eng yuqori ko‘rsatkich. 

Bugun O‘zbekiston-3 Andorra bilan o‘ynamoqda. Asrorjon sakkizinchi partiyasini o‘tkazsa, individual medal uchun zarur talabni ham bajaradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!