
Astorining o‘limi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan
Avvalroq xabar berganimizday, kuni-kecha “Fiorentina” sardori Davide Astori hayotdan ko‘z yumdi.
- Biz tasodifan qilingan qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘attik. Xozirda bu ish bo‘yicha gumon qilinayotganlar yo‘q, ammo bir necha kunda biz tananing tibbiy ko‘rigini o‘tqazamiz. Yaqin orada, ko‘rik natijalari e’lon qilinadi, - dedi Udine shaxri prokurori Antonio de Nikolo.
Eslatib o‘tish joizki, 4 mart kuni Astorining tanasini mehmonxonada topishgan. Bugungi kunga kelib, o‘limning asosiy va rasmiy sababi – yurakning to‘xtab qolishi deb e’lon qilingandi.
Fikrlar