Babayan: "Namanganlik muxlislarga rahmat"

  • 18 oktabr, 2022, 23:09
  • Karim Xudayqulov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” (1:2) o‘yinidan so‘ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan derbilar qanday o‘tishi borasida tasavvurga ega ekanligi, namanganlik muxlislar va raqib haqida fikr bildirdi.

Tecno

“Mutaxassis sifatida 1995 yilda Namanganda ish boshlagan vaqtimda bu derbilar qanday o‘tishi haqida bilganman. Raqib bu o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rishini ham bilaman. Bugun noqulay ob-havo sharoitiga qaramay stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan namanganlik muxlislarga rahmat”.

“Raqib bugun yomon o‘yin namoyish etmadi. Birinchi bo‘lib gol urdi. Ammo, qolgan daqiqalarda ustunlik qildik. Yigitlar bugun barcha ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Qolgan to‘rt uchrashuvda ham borimizni beramiz”, - dedi Babayan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мажидов Шахзод
19/10/2022 00:42
Навбаҳор ҳужумкор лекин ўта содда тартибда ур-теп қабулида ўйин кўрсатяпти, агар комбинацион ўйин қилмаса ОЧЛга чиққан тақдирида ҳам катта ўйинларда ютқазиб қўяди.