Bahrayn-2025. Kurashchilarimiz 2 ta oltin medalni delegatsiyamiz hisobiga yozdirib qo‘ydi
O‘zbekiston delegatsiyasi Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlarini muvaffaqiyatli boshladi. Bugun kurash dasturida ishtirok etgan hamyurtlarimiz Otabek Yo‘ldoshboev (-65 kg) hamda Durdona Tursunova (-70 kg) oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.
Tursunova finalda Qirg‘iz Respublikasi, Yo‘ldoshboev esa Eron vakilini ishonchli hisoblarda mag‘lubiyatga uchratishdi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.



Fikrlar