Balotelli Braziliya klubiga o‘tishga juda ham yaqin turibdi

  • 8 avgust, 2019, 11:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur hujumchi Mario Balotelli katta ehtimol bilan “Flamengo”ga ko‘chib o‘tadi.

Tecno

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda  28 yoshli futbolchi Rio-de-Janeyro klubi bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra Balotelli yiliga 4-5 million evro atrofida maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Flamengo” Balotelliga 2,5 yillik shartnoma taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Balotelli o‘tgan mavsumni “Nitstsa”da boshlab “Marsel”da yakunladi va jami 25ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!