Baribir “Siti”dan ketaman!
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva mavsum oxirida klubni tark etishini ma’lum qildi va muxlislarga dil so‘zlari bilan murojaat qildi.
- “Shaharliklar”! Bu yerga to‘qqiz yil avval kelganimda, hayotda muvaffaqiyat qozonish, katta ishlar qilish kabi kichik bolaning orzusiga ergashgan edim. Bu shahar va bu klub menga bundan ham ko‘proq narsa berdi. Hatto orzu qilishga jur’at etganimdan ham ko‘proq. Biz birga qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz — bu yuragimda abadiy qoladigan meros. Yuz ochkolik mavsum, ichki kvadrup, trebl, ketma-ket to‘rt chempionlik va yana ko‘plab yutuqlar… Yomon chiqmadi.
Bir necha oydan so‘ng men nafaqat klub sifatida shuncha g‘alabalarga erishgan, balki men oilaviy hayotimni boshlagan va oila qurgan shahar bilan xayrlashish vaqti keladi. Chin yurakdan — Ines va Karlota, sizlarga rahmat!
Muxlislarga: sizlarning bu yillar davomidagi beqiyos qo‘llab-quvvatlashingiz — men hech qachon unutmaydigan narsa. Futbolchi sifatidagi asosiy maqsadim har doim maydonga ishtiyoq bilan chiqish, sizlar bizning orqamizdan faxrlanishingiz va maydonda manfaatlaringiz munosib himoya qilinayotganini his qilishingiz edi.
Umid qilamanki, har bir o‘yinda shuni his qilgansiz. Men klubga “Manchester Siti” o‘yinchisi sifatida kelgaman, ammo ketar ekanman — umrboq “Manchester Siti” muxlisi bo‘lib qolaman. Bu yosh jamoani qo‘llab-quvvatlashda davom eting, ishonamanki, kelajakda u sizlarga yana ko‘plab ajoyib xotiralar taqdim etadi.
Klubga, Pepga, barcha xodimlarga va shu to‘qqiz yil davomida birga bo‘lgan jamoadoshlarimga — barcha xotiralar va menga bu yo‘lning bir qismi bo‘lish imkonini berganingiz uchun rahmat.
Mashg‘ulot bazasida har kuni yaratgan muhitimiz menga o‘zimni uydagidek his qilishimga — katta bir oilaning bir qismi ekanimni anglashimga yordam berdi. Keling, bu so‘nggi haftalardan birgalikda zavqlanaylik va mavsum bizga yana nimalar berishi mumkin bo‘lsa, barchasi uchun kurashaylik, - deb yozdi Silva ijtimoiy tarmoqda.
Fikrlar