“Barsa” beshta zo‘r himoyachini nishonga oldi

  • 8 sentabr, 07:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik bosh murabbiylik qilayotgan “Barselona” endi himoya chizig‘ini mustahkamlashga e’tibor qaratadigan bo‘ldi.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, klub mutasaddilari Kataloniyaga taklif etiladigan himoyachilar ro‘yxatini shakllantirib bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, asosiy nishon Lissabonning “Sporting” klubi sharafini himoya qilayotgan Gonsalu Inasiu hisoblanadi. Flik bu himoyachining  jamoada shakllantirilgan o‘yin uslubiga mos ekaniga ishonyapti.

Bundan tashqari, “Barselona” zaxira varianti sifatida Murillo (“Nottingem Forest”), Mark Gexi (“Kristal Pelas”), Lukas Beraldo (PSJ) hamda Luis Benedetti (“Palmeyras”) kabi markaziy himoyachilarni tanlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!