
“Barsa” Gavini uzoq kutadi...
“Barselona” yarim himoyachisi Gavi Ispaniya terma jamoasining Gruziyaga qarshi o‘tgan uchrashuvida tizzasidan jiddiy jarohat olgandi.
O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvda futbolchi tizza bog‘lamlarini jiddiy shikastlab olgani aniqlandi.
Jurnalist Xavi Migelning ta’kidlashicha, Gavi maydonga kelasi yilning sentyabr oyida qaytishi mumkin ekan. “Barselona” ungacha iste’dodli futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi.
Klub rahbariyati o‘yinchining ancha yoshligini inobatga olib, uni to‘liq tuzalganidan keyingina mashg‘ulotlar va o‘yinlarga jalb qiladigan bo‘lyapti.
Gavi joriy mavsumda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist qayd etgan edi.
Fikrlar