"Barsa" hujumga Mourin'yoning shogirdini chaqiradi

  • 02.08.2026 18:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Benfika» forvardi Vangelis Pavlidis nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida AS nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yunon hujumchisi kataloniyaliklar uchun asosiy maqsad hisoblangan «Atletiko» forvardi Xulian Alvares transferi amalga oshmay qolgan taqdirda ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri sanalib, aynan Alvares «Barselona»ning birinchi raqamli nishoni bo‘lib turibdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, klubning sport direktori Deku va uning shtabi Pavlidis o‘yinlarini kuzatishda davom etmoqda. Biroq uning transferi bo‘yicha yakuniy qaror Ferran Torres kelajagiga ham bog‘liq bo‘ladi. Kataloniya klubi ispaniyalik forvard bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan, shu bilan birga Alvaresni olib kelish imkoniyatlarini ham o‘rganishni davom ettirmoqda.

AS yozishicha, «Benfika» bilan muzokaralar oson kechmasligi mumkin. Portugaliya klubi 27 yoshli hujumchini jamoada saqlab qolish tarafdori va o‘z yetakchilaridan biri bilan osonlikcha xayrlashish niyatida emas.

Pavlidisning «Benfika» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 28 million yevro atrofida baholamoqda. O‘tgan mavsumda Xose Mourinyo qo‘l ostida yunon forvardi barcha musobaqalar doirasida 53 o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!