
“Barsa” Angliya yulduzini “Real”ga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi
“Real” mutasaddilari “Liverpul” qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold bilan transfer borasida og‘zaki kelishuvga erishgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.
Shunga qaramay, “Liverpul” 26 yoshli futbolchini o‘z safida saqlab qolishga urinyapti. Garchi Trent hali o‘zini tarbiyalagan klub taklifini qabul qilmagan bo‘lsa-da, muzokaralar to‘xtatilgani yo‘q.
Bu tomondan Trent uchun kurashga “Barselona” va “Bavariya” kabi grand klublar qo‘shildi. Ular “Liverpul” o‘z o‘yinchisi bilan kelisha olmasa, himoyachini yozda erkin agent maqomida bepul transfer qilishga umid bog‘layapti.
2016 yildan beri liverpulliklar sharafini himoya qilib kelayotgan mashg‘ur himoyachi Transfermarkt portalida 70 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar