"Barsa" safarda raqibini yanchib tashladi va birinchi o'ringa ko'tarildi

  • 06.09.2026 21:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionati 4-turidan o‘rin olgan bellashuvda "Barselona" safarda "Valensiya" darvozasiga javobsiz beshta gol urdi.

Kataloniya klubi hisobni uchrashuvning 6-daqiqasida Lamin Yamalning goli bilan ochdi. 22-daqiqada Fermin Lopes ustunlikni oshirdi. 

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan, 50-daqiqada Rafinya uchinchi golni urdi. 79-daqiqada Pedri to‘rtinchi gol muallifiga aylandi, 84-daqiqada esa Lamin Yamal dubly rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Bu g‘alabadan so‘ng "Barselona" 12 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida yetakchilikni saqlab qoldi va hozircha ochko yo‘qotmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Ilgariroq shu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan "Real" ushbu tur arafasida "Betis"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

"Valensiya" esa musobaqa jadvalida 1 ochko bilan yigirmanchi, ya’ni oxirgi o‘ringa tushib qolgan. Keyingi turda jamoa 11 sentabr kuni safarda "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi. "Barselona" esa 13 sentabr kuni mehmon sifatida "Levante" bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!