
“Barsa” uch futbolchini oladigan bo‘ldi
“Barselona” sport direktori Deku bosh murabbiy Xans-Diter Flikka jamoaga har tomonlama mos tushadigan uch nafar yangi o‘yinchi topib berdi.
Jonatan Ta – 28 yoshli germaniyalik markaziy himoyachi “Bayer”da o‘ynayapti. Bu himoyachi ko‘rsatayotgan o‘yin kataloniyaliklar juda ma’qul tushgan. Taning kelishi tarkibdagi Ronald Arauxo, Andreas Kristensen va Erik Garsiyaga tushayotgan bosimni pasaytiradi.
Tomas Parti – Ganalik yarim himoyachi universalligi bilan alohida e’tibor qozongan. U tayanch zonada va himoyaning istalgan nuqtasida o‘ynay oladi. Deku Tomas Partini olib kelish orqali Flik shogirdlari maydon markazini egallashiga yordam bermoqchi.
Reynildo Mandava – Mozambiklik futbolchi bir necha ampluada o‘ynay oladi. Ayniqsa, bu o‘yinchining “Atletiko Madrid” bilan shartnomasi yarim yildan keyin yakunlashini inobatga olsak, Mandavani tekish olish imkoniyati kataloniyaliklarga ma’qul tushmoqda.
Fikrlar