“Barsa” Xavining o‘rniga boshqa murabbiy topdi

  • 20 noyabr, 2023, 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Evropa matbuotida bir necha mag‘lubiyatdan keyin “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandesning “kursi”si qimirlab qolgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Football Espana nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar boshqa mutaxassisni mo‘ljallamoqda. Klub xo‘jayinlari yaqin kelajakda jamoani “Jirona”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Anxel Michelga topshirmoqchi.

Hozircha, “Barselona” xo‘jayinlari Xaviga vaziyatni o‘nglash uchun etarlicha vaqt berishi aytilmoqda. Shunga qaramay, har ehtimolga qarshi Anxel Michel faoliyatini ham kuzatib borishadi.

Anxel Michel shogirdlari joriy mavsumda “Real”, “Barselona” va “Atletiko” kabi grand jamoalarga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda. Ispaniya chempionatining 13-turidan keyin “Jirona” 34 ochko bilan birinchi o‘rinda boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!