“Barsa” yulduzi “Real”dan cho‘chiyapti

  • 5 iyun, 09:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” to‘purari Robert Levandovski ashaddiy raqib “Real”ga Xabi Alonso bosh murabbiy bo‘lganiga munosabat bildirdi.

Tecno

-  Xabi Alonso murabbiylik faoliyatidagi yangi bosqich boshida turibdi. O‘ylashimcha, u “Real”ga kutilmagan yangiliklar olib keladi.

Men Xabi Alonso baribir “Real”ga bosh murabbiy bo‘lishini bilardim va uning qo‘l ostida bu jamoa o‘ta xavfli raqibga aylanadi, - dedi Robert Levandovski.

Xabi Alonso bungacha “Bayer”ni boshqargan. O‘tgan mavsumda leverkuzenliklar ispan murabbiyi qo‘l ostida “Bavariya”ning Bundesligada o‘n yil davom etgan gegemonligiga barham berib, o‘z tarixida ilk bor Germaniya chempionligiga sazovor bo‘lgandi. Bundan tashqari, “Bayer” avvalgi mavsum Germaniya kubogi va Superkubogiga ham ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!