
“Barsa”ning qimmat o‘yinchisiga badavlat xaridor chiqdi
Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” qishki transferlar davrida o‘z tarkibiga “Barselona” pleymeykeri Dani Olmoni qo‘shib olmoqchi.
Kataloniyaliklarning bu o‘yinchisi 70 million evroga baholanmoqda.
PSJ bosh murabbiy Luis Enrike ispaniyalik yarim himoyachini o‘zi qo‘llayotan o‘yin uslubiga ideal darajada mos ekanini ta’kidlayapti.
Dani Olmo o‘tgan yili yozda “Barselona”ga katta umidlar bilan olib kelingan bo‘lsa-da, Xans-Diter Flik jamoasining ajralmas qismiga aylana olmadi. Yangi mavsumda ham Olmo faqat bitta uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Uning “Rayo Valekano”ga qarshi o‘yini zo‘r chiqqani yo‘q.
Hozir Fermin Lopes 27 yoshli o‘yinchini raqobatda ortda qoldirdi. Bu esa, klub Olmo bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligidan dalolat beradi.
Fikrlar