"Barselona" – PSJ o‘yini "Kamp Nou"da o‘tkaziladimi?

  • 16 sentabr, 23:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Diario Sport"ning ma’lum qilishicha, 1 oktyabrga belgilangan Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi "Barselona"ning ilk uy bahsi "Olimpik Lyuis Kompanis" stadionida o‘tkaziladi.

Tecno

"Kamp Nou"da rekonstruktsiyaning birinchi bosqichi yakunlanib, arenaning sig‘imi hozircha 27 ming o‘ringa etdi. "Barselona" "Spotify Camp Nou" qurilish loyihasining dastlabki bosqichi uchun sertifikat oldi, ammo hali ham shahar kengashiga zarur hujjatlarni taqdim etishi kerak. Chempionlar ligasi o‘yinlari uchun esa belgilangan minimal sig‘im va tribunalarda muayyan sektorlarning ochiq bo‘lishi talab etiladi.

Shu bois, klub hozircha PSJga qarshi bahs qaysi stadionda o‘tkazilishini rasman e’lon qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Chempionlar ligasidagi o‘z yurishini 18 sentyabr kuni safarda "Nyukasl"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!