
"Barselona", "Real" va "Inter" bir futbolchini ko‘zlashmoqda
Rimning “Roma” klubi himoyachisi Kostas Manolasning agenti Ioannis Evangelopulopulosning fikricha, ayni damda futbol olamida uning mijoziga talab katta.
“Barselona” Tomas Vermalenning o‘rnini aynan Manolas bilan to‘ldirmoqchi. “Inter” ham huddi “Barselona”, “Real” va “Yuventus” kabi uning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hullsa, Manolasga ko‘plab jamoalardan takliflar bo‘lmoqda”, - deydi agent Tuttomercatoweb nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq gretsiyalik futbolchini “Chelsi” va “Zenit” klublari ham o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirishgan edi.
Fikrlar