"Barselona" himoyachisi jamoadan ketishga tayyor

  • 26 yanvar, 15:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Andreas Kristensen "Barselona"ni tark etishi mumkin.

"Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, 28 yoshli daniyalik futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlaydi va munosib taklif bo‘lsa, Kataloniya klubidan ketishga tayyor.

Tecno

Ta’kidlanishicha, agar Kristensen ketsa, kataloniyaliklar "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni jamoaga qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" futbolchisining amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Himoyachi klub safiga 2022 yilning yozida "Chelsi"dan kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!