"Barselona" mening birinchi tanlovim!"

  • 15 dekabr, 2021, 16:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayaks" darvozaboni Andre Onana faoliyatini "Barselona"da davom ettirish istagi borligini ma’lum qildi.

Tecno

"Barselona" mening birinchi tanlovim. Men Kataloniyada o‘sganman va bu er mening uyim. Klub bilan juda yaxshi munosabatdaman. Hozircha, "Inter" bilan hech qanday kelishuvim yo‘q",-dedi darvozabon.

Avvalroq, "nerradzurrilar" kamerunlik futbolchiga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Uning o‘zi faoliyatini tarbiyalangan klubida davom ettirmoqchi. O‘z navbatida, yozda erkin agentga aylanadigan Onanani "Inter" Samir Xandanovich, "Barselona" Ter Shtegenga munosib voris sifatida ko‘ryapti.

Ma’lumot uchun, Onana o‘tgan yilgi mavsumdan buyon doping tufayli divkvalifikatsiya muddatini o‘tamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!